Главная » Qiziqarli faktlar » DUNYODAGI ENG QIZIQ HABARLAR BILAN TANISHING!
DUNYODAGI ENG QIZIQ HABARLAR BILAN TANISHING!

DUNYODAGI ENG QIZIQ HABARLAR BILAN TANISHING!

  • Категории: Qiziqarli faktlar
  • Название: DUNYODAGI ENG QIZIQ HABARLAR BILAN TANISHING!
  • Дата релиза: 14-07-14, 18:13
DUNYODAGI ENG QIZIQ HABARLAR BILAN TANISHING!
Fransiya g'arbidagi Nant shaxrida olti kishidan iborat bir oila yo'qolib qolgan. Bu xaqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar qiladi. Olti kishi, ya'ni er-xotin va ularning to'rt nafar farzandi, aprel oyi boshlarida yuqolgan edi. Politsiya yuqolishning asosiy sabablaridan biri deb o'g'rilik va qotillikni sanab o'tmoqda, Bu xaqda prokuror Ksave Ronsen ma'lum qiladi. Chunki tergovchilar yo'qolgan odamlarning uyi yaqinida yerga ko'milgan odam oyog'i topilganidan so'ng shunday xulosaga kelganlar. Vokean, Ouest France axborotiga ko'ra, xovlida bir qancha jasadlar topilgan. Lekin Nouvel Obs nashri esa, faqat birgina jasad xaqida yozadi.

Shu o'rinda politsiya xodimlari uy ichida xech qanday zuravonlik yoki kurash izlarini topmaganlar, deb ta'kidlaydi prokuror. Odamlarning yo'qolishidan oldin, g'oyib bo'lgan bolalarning maktab direktsiyasiga, oila Avstraliyaga kuchib ketayotganini xabar qilishgandi. Yo'qolganlarning qarindoshlari, bolalarning otasi o'zini amerikalik razvedkachi deb tanishtirgani va u guvoxlarni ximoya qilish dasturi bo'yicha mamlakatdan chiqib ketishga xozirlik ko'rayotgani xaqida aytganini ma'lum qilganlar. Ammo Prokuror bu axborotni shubxa ostiga qo'ygan.

Liviyaning Misurata shaxrini o'rab olgan Muamar Kaddafi qo'shinlariga, ortga chekinish bo'yicha buyruq berildi. Reuters agentligiga bunday xabarni muxolifat kuchlari tomonidan asirlikka olingan Kaddafi armiyasida xizmat qiluvchi askar Xolid Dorman yetkazgan. «Bizga chekinish xaqida buyruq berilgan. Kecha esa bu yerlarni tark etinglar, deyishgandi», - deydi u. Dorman va boshqa 11 nafar yaralangan askar Misurata kasalxonasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, agentlik, yana bir xarbiy xizmatchi xukumat kuchlari Misurata ustidan nazoratni yuqotib qo'yganligini tasdiklagani haqida xabar qiladi. Boshqa bir askar Ayad Muxammad esa, Kaddafi qo'shinlari isyonchilar kuchlari tomonidan bundan bir kun avval xujum ostiga olinganini ma'lum qiladi. «Isyonchilar bizni ko'prik yaqinida xujumga olgan, O'sha paytda biz Misuratadan ertalab chekinayotgandik.», - deydi u.

Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Minsk metrosidagi terakt fosh etilgani xaqida ma'lum qildi. Prezidentning aytishicha, ushlanganlar boshqa portlashlarni tashkil etganlikda ham iqror bo'lganlar. Lukashenko prokuraturaga shu portlashlar bo'yicha muxolifat vakillarini so'roqqa tutishga buyruq berdi. Minsk metrosidagi terakt bo'yicha ushlanganlar soni 5 kishiga yetdi. Qo'lga olinglarning barchasi 30 yoshdan kichikroq bo'lib avvallari sudlanmagan. Bu to'g'rida Belorussiya bosh prokuraturasida bildirishdi. U yerda teraktning bevosita ijrochisi va uning xamtovog'i qamoqda ekanligini ta'kidlashdi. Jinoyat sodir etilgan joydan mingdan ortiq ahyoviy dalillar topilgan. Ular xozirda o'rganilmoqda. Bundan tashqari, jabrlanganlarni so'roqqa tutish davom etayapti. Tergov ma'lumotlariga qaraganda, metrodagi terakt ijrochisi 2008 yil Minsk shaxridagi mustaqillik kunini nishonlash vaqtida ishlab ketgan portlovchi moslamani ham tayyorlagan ekan. Matbuot anjumanida jurnalistlarga teraktdan bir necha daqiqa oldin va u sodir etilgan paytdagi lavxalarni ko'rsatishgan. Bu lavxalar kuzatuv kameralaridan olingandi. Bosh prokuratura vakilining so'zlariga ko'ra, jinoyatchi stantsiyada bo'la turib, poyezd kelishini va odamlarning ko'proq to'planishini ataylab kutgan. Keyin u portlovchi moslamani xarakatga keltirgan. Terakt natijasida 13 kishi xaloq bo'lgandi. 200ga yaqin odam esa jaroxatlangan.

AQSHda britaniyalik sayyox ayol to'rtinchi qavatdan tushib ketgan 2 yoshli qizchani ushlab qoladi. Bu g'aroyib voqea Florida shtatidagi otelda ro'y bergan. Xelen Byord xovuzcha yaqinida dam olayotgan edi, keyin to'satdan tepa qavatda kichkina bolani bolaxona chekkasida turganini ko'rib qoladi. U ko'p o'ylab o'tirmay, shu zaxotiyok yordamga shoshadi va buning uddasidan chiqadi. Bu xaqida shu ayolning o'zi Xelen Byord gapiradi. "Esimda, bino tomonga tezda yugurib bordim. Yo'l-yo'lakay bolani ushlab olish uchun qulay joy tanlay boshladim. Lekin rostini aytganda, qo'llarim u qadar ham kuchli emas. Ammo xudoga bexad shukurki, men xar qalay uni ushlab qola oldim". Bolaning ota-onalari baxtiyorlikdan ettinchi osmonda. Qizcha umuman jabrlanmagan, xatto xech qanday chandiq izlari ham yo'q. Uni qutqargan ayol esa ularning uyida eng aziz mexmonga aylandi.

AQSH yangi tornadolarga tayyorlanmoqda. Tabiiy ofat xavfi ostida yana bir qancha shtatlar qolgan. Dushanba kuni Texas, Kentukki, Ogayo, Illinoys va Missuri shtatlarida shtormli ogoxlantirishlar e'lon qilingan. ITAR-TASS xabar qilayotgandek, shu xudud xokimliklari tabiiy ofat zarbasiga tayyorgarlik ko'rmoqda. AQSH ob-xavo xizmati suv toshqini, o'rama shamollar va xattoki qor yog'ishini ham bashorat qilmoqda. Eslatib o'tamiz, tornadolar bilan kechgan kuchli tsiklon, mamlakat janubi-sharqidagi 10lab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi. Xudud bo'ylab 240ga yaqin tornadolar o'tib borgan.

AQSH da kokain ortilgan samolyot fojiaga uchradi. Kokain ortilgan uncha katta bo'lmagan samolyot ko'l ustiga qulab tushgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, aviafojia tufayli bort ichida bo'lganlardan xech biri omon qolmagan. Bu xaqida maxalliy OAVi xabar qiladi. "Biz samolyot ichida qancha odam bo'lganini aniq bilmaymiz. Lekin bizning ma'lumotlarga ko'ra, omon qolganlar yo'q", - deydi jurnalistlarga politsiya leytenanti Erik Garsiya. Dastlabki taxminlarga ko'ra, aviafojiaga nokulay ob-xavo sharoitlari sabab bo'lgan. Politsiya xodisa ustidan tergov ishlarini boshladi.

Muamar Kaddafi karorgoxiga bomba tashlandi. Dushanba kuni NATO Aviatsiyasi Liviya raxbari Muamar Kaddafi karorgoxi joylashgan tumanga qarata zarba yetkazdi. Mamlakat xukumatining vakili, zarbaning maqsadi aynan Kaddafining o'zi bo'lganligini ma'lum qildi. OAVi xabariga ko'ra, Tripoli ostidagi Bab-el-Aziziya karorgoxiga ikkitadan to'rttagacha kuchli bomba yoki raketa tashlangan. Buning natijasida 45 kishi yaralangan, ulardan 15 nafari juda og'ir axvolda. Karorgoxning uchta binosi jiddiy ziyon ko'rgan. Binolardan birining tomi qulab tushgan. Mazkur bino ichida Muamar Kaddafi yig'ilishlarni o'tkazar edi.

Kambodja va Tailand davlatlari chegara yaqinidagi tumanlarga qo'shimcha askarlarni tashlamoqda, Bu yerda to'rt kundan beri qurolli to'qnashuvlar davom etayapti. Dushanba kuni ertalab mazkur xududga qo'shimcha ravishda armiya bo'linmalari, hamda zirxli texnika va og'ir qurol yetkazilgan, Bu xaqida ITAR-TASS axborot agentligi xabar qiladi. Mojaro boshlangandan buyon olti nafar kambodjalik va to'rt nafar tailandlik xarbiy xizmatchi xalok bo'lgan, taxminan 40 kishi jabrlangan. Qator OAVi xabariga ko'ra, qurbonlarning umumiy soni 12 kishiga yetgan. Yakshanba kuni kechqurun yana ikki askar xalok bo'lgandi. Lekin xozircha ularning millatiga aniqlik kitilmagan.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: