Главная » Qiziqarli faktlar » KОРЕЙСЛАРДА нима топдинг ўзбек қизи?
KОРЕЙСЛАРДА нима топдинг ўзбек қизи?

KОРЕЙСЛАРДА нима топдинг ўзбек қизи?

  • Категории: Qiziqarli faktlar
  • Название: KОРЕЙСЛАРДА нима топдинг ўзбек қизи?
  • Дата релиза: 14-07-14, 18:08
KОРЕЙСЛАРДА нима топдинг ўзбек қизи?
Assalomu alaykum hurmatli voydodshou.net muhlislari, saytingizga anchadan beri qiziqib kuzatib boraman, saytingiz haqiqatguyligi, rang barangligi bilan boshqa saytlardan keskin farq qiladi va har qanday muhlisni uziga jalb qiladi!!!
Hozirgi aytmoqchi bulganlarim iltimos tengdoshlar menga maslahat bering, nima qilsam tugri buladi...
Bundan bir necha yil avval koreyalikka turmushga chiqib bahtsiz qizlar qatoriga qushildim, ha turmush urtogim islom dinini qabul qilib, katta tuy qilib ota onamni roziligini olib uz yurtiga olib keldi, boshida hammasi yahshiday edi, masjidlarga ham birga borib islomiy darslardan talim olib turdi, lekin ushanda bularning hammasi yolgon shunchaki ekanligini bilmagan edim...
Bu orada boshqa uzbek qizlari bilan ham aloqa qila boshladim, kurishganimizda hamma qizlar uz dardlarini yiglab gapirib berishardi, tugrisi hamma pushaymonda, hamma armonda, hamma arosatda...
Hayotimda tushunmovchililar juda kup bulardi, koreys halqini na madaniyati, na urf odati bizga tugri keladi, tugrisini aytsam ularni inson qatoriga qushmagan bulardim, ular hayotni faqat pul bilan ulchashadi, judayam isqirt halq, ichkiliksiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi...Bundan tashqari ha butun koreys erkaklari judayam sovuq, yahshi gap, shirin suz, hatto kuzlarida mehr ham yuq, buni bu yerdagi uzbek qizlarini hech qaysisi inkor qila olmaydi
Bu orada koreys tilini urgana boshladim, keyin uyda utirganimni tana qila boshladi, charchab ishlab kelayapman, uyda mazza qilib utiribsan deb siqa boshladi, kup siqilishlardan homilamni yuqotdim, yuqolganiga hali 1hafta bulmasdan majburlab ishga chiqarib yubordi, ishlagan pullarimni quimdan tortib olardi, norozilik bildirsam 1sumsiz, hamma narsamni olib uy kiyimida kuchaga chiqarib quyardi, ertalabgacga utirib chiqqan paytlarim buldi, bir kuni hamma narsa jonimga tegib yordam berish tashkilotiga murojaat qildim, irodamni yigib ajratib berishlarini va uyga qaytib ketish uchun biletga yordam berishlarini suradim, ular urtaga tushgandan keyin hujaynim tavba qilib oyogimga yiqilib yalinib kechirim suradi, vaholanki bu holat undan keyin ham necha marta takrorlandi, qisqasi men ham bunday rasvo hayotga kunika boshladim, keyin farzandlik buldik, uydagilarim chaqaloqqa deb kiyim kechaklar posilka junatishdi, bunga urganib bittayam kiyim olmasdi bolasiga, masjidga borishlar hammasi
allaqachon unut bulgandi, hatto bir kun u devorda osilib turgan kabatillohni rasmini olib kuz oldimda yirtib tashladi, kuzim qinidan otilib ketay dedi, qulimdagi bolamni tortib olib kuchaga haydab yubordi, yiglab yiglab uydan chiqib dugonamnikiga ketdim, ertasiga qaytib keldim, lekin uyga kirgizmadi, 3oy meni qiynab farzandimni kursatmay qiynadi, bu orada esa qonuniy avtomat tarzda ajrashib olibdi, bu yerda shunday qonun bor, ayol kishi uydan chiqib bedarak ketsa eri ajrasha oladi, lekin men atigi bir kundan keyin qaytuvdim, bu orada bormagan joyim qolmadi, ayollarni huquqini himoya qildigan birorta tashkilot yordam berolmadi, bu yerni qonuni esa farzand 100%ota ihtiyorida, shunday qilib yalina yalina bir kun uchrashdik, va ajrashganimizni aytib, agar hohlasang uyda yashayver lekin biz uje 1 oilamasmiz dedi, nailoj farzandim uchun rozi buldim, bunday deyishini sababi bolani boqtirish uchun beradigan joyga 700$ tular ekan oyiga, usha pulni tejash uchungina shunday dedi, mana bir necha oydirki shu men uchun begona bulgan uyda yashayapman, lekin kunimni bermaydi, uradi, sukadi, hohlasang chiqib ketaver deydi, farzandim uchun zurga chidayapman, iltimos Sayyod maslahat bering nima qilay?
Bu uydan chiqib ketay desam farzandimga kuzim qiymaydi, chiday desam men ham odammanku......
Tugrsini aytsam bu yerga kelgan uzbek qizlari hammasi uzini ichidan utganini uzi biladi, koreyslarni esa dinni qabul qilgani hammasi yolgon, ularda ayolim, jufti halolim degan tushunchalar judayam yiroqda, uzbek yigitlariga, uzbek oilasiga teng keladigani yuq ekan, afsus, afsus, afsus...

Z.

Афсуски уларнинг қонунини билмаганим учун бирон жўяли маслахат бера олмасам керак. Лекин Кореяда бир қанча юртдошларимиз бор, улар орасида қонунни биладиганлари ва хатто ёрдам бера оладиганлари топилар деб ўйлайман.

Эх ўзбек қизлари бунча соддасиз дегим келади. Экрандан кўринган сиймо ортида сиз билмаган урф удум, ва хаттоки бутун бошли сиз умуман билмаган мамлакат турган бўлса хам интилиб кетаверасизлар.
Олдингда оққан сувни қадри йўқ, узоқдаги қуйруқдан яқиндаги ўпка яхши деган мақоллар бекорга эмасдир?

Нима учун ўзбек йигитларимиз орасида бошқа миллат вакилига уйланишлар (нисбатан!) кам? жуда кам деса хам бўлади.

Тв каналларимизда эса шу корейс сериалларини тарғиб қилишгани қилишган, твнинг оддий элементар психологик кучи хақида тв рахбариятининг билими нақадар суст.
Атрофга қаранг! Жамият бонг урмоқда! Кореяни бир қаранг қанча ўзбек қизлари бахтсиз бўлмоқда!

Майли режиссерларимиз кассабопликдан ортмаяпти, сериаллар ишлаб чиқара олмаяпти, лекин нима учун ўзга давлат сериалларини тарғиб қиламиз?

Причем тут режиссерларимиз ва сериаллар?
Жуда причем!
Роса причемде!
Халқнинг аксарияти хаммаси хам ақлли ва зиёлими? Айниқса бизнинг халқимиз соддалиги билан аён. Фонограммасигаям, жоонлисигаям қистириб чапак чалиб хурмат қилиб турган халқ, сериалга ишонмайдими?
Тв, радио ва кино ходимлари доим мана шу психологик таъсири хақида унутмасликларини истардим.

Ишқилиб тв каналларимизда афроамерикаликлар сериалини айлантирмасин деб хадиксираб қолдим тўғриси.
Йўқ, расист эмасман, миллатчи хам эмас.
Шунчаки корейс сериаллари натижаси бу бўлса, афроамерикан сериалларнинг натижасини тасаввур қилишга хам қўрқаман.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: