Главная » 1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR » Mehribon ustozlar Salom, Assalom

Mehribon ustozlar Salom, Assalom

Qalbimning qo'rida sizgadir kalom
Mehribon ustozlar salom,assalom.
Sog'inchim yetaklar faqat siz tomon
Bizlarni suyguvchi,sizlarsiz mudom.

Bugun shodliklarim yetar samoga
Bugun bayramingiz,qutlayman dildan.
Masofa bo'lsa-da biroz olisdek
Tabrigim yo'llayman sizga ko'ngildan.

Baxtimiz bog'ida ungan chechaklar
Poyingiz nurlarga,gullarga to'lsin.
Vatanning ishonchi,g'ururi sizlar
Yuzingiz doimo quvonchdan kulsin.

Aziz ustozlarim sizga ming ta'zim
Qabul aylang Shaxnoz qutlaydi sizni.
Bir tilak,bir istak aytayin yana
Baxtiyor kunlarda unutmang bizni.

Xurmatli ustozlar!Bugungi bayram bilan sizlarni chin dildan muborakbod etaman.Sharafli lekin mashaqqatli faoliyatingizda faqat omad va zafarlar tilab qolaman.Siz yurtimizga buyuk kelajakni tuhfa etguvchi buyuk qudrat sohibisizlar.Sizlar doimo biz shogirdlar ardog'idasizlar.Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin.
Xurmat bilan,

Shaxnoza Mirxalilova



«Mehribon ustozlar Salom, Assalom»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]