Главная » 1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR » Ustozlardan ko`p bilim olib

Ustozlardan ko`p bilim olib

Ustozlardan ko`p bilim olib
Ustozlarni ko`p ulug`laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o`chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo`lma hech.
Bilsang faqat u seni o`ylar,
Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko`p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.



«Ustozlardan ko`p bilim olib»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]