Главная » 8 MART HAQIDA TABRIK SHERLAR » Bayram yaqin 8-mat ayollar uchun zo'r tabrik
Bayram yaqin 8-mat ayollar uchun zo'r tabrik

Bayram yaqin 8-mat ayollar uchun zo'r tabrik

  • Категории: 8 MART HAQIDA TABRIK SHERLAR
  • Название: Bayram yaqin 8-mat ayollar uchun zo'r tabrik
  • Дата релиза: 01-03-20, 00:44
Bayram yaqin 8-mat ayollar uchun zo'r tabrik
Kecha dedim erimga
Bayramga oz qoldiya
Qanday sovg'a olasiz?
O'ylab o'yim toldiya.

Qimmatbaho ko'ylakmi
Yoki tilla taqimchoq.
Olasizmi adasi
Yoki marvarid munchoq.

Erim asabi tarang
Ko'zi to'ldi g'azabga.
Shuncha sovg'a oling deb
Qo'ygandimda azobga.

Siz xotinlarning kami
To'lmaydiya xotinjon
Qimmat ko'ylak obersam
Yo'q deysan unga marjon.

Dedim:mayli obermang
Sizga faqat ish kerak.
Kamim bor deb nolisam
Ko'zingiz olazarak.

Men ham axir ayolman
Atir,upa shaydosi.
Siz kabi ko'nglim nozik
Men shirin so'z gadosi.

Erim dedi jilmayib
Sovg'ani kattasi bor.
Yig'lab erkalik qilib
Bilvomoqchisan ayyor!

Xursand bo'lib kettimku
Erim yodida bayram.
E'tibor kutamanda
Ayolman axir men ham.

Bir yilda bir bor kelar
Ayollarning bayrami.
Shu sababdan oldinroq
So'ragandim sovg'amni.

Biz ayollar sovg'aning
Kattasiga loyiqmiz.
Uyim bola chaqa deb
Yashaymizda hammamiz.

Erkaklar xushyor bo'ling
Bayram yaqin bilsangiz.
Eng yaxshi sovg'a oling
Chin ko'ngildan sevsangiz.

Uyingizdagi ayol
Farishtaga o'xshaydi.
Faqat bayram kunida
Sizdan sovg'a so'raydi.

Baxtga to'ldirib bag'rin
Dasta gul olib keling.
Ayolingiz qalbini
Shodliklarga to'ldiring.

Sakkizinchi mart yaqin
Sovg'angizni tayyorlang.
Xoy erkaklar shu bilan
Sevgingizni isbotlang!

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza.MMM.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: