Главная » NAVRO'Z BAYRAMI HAQIDA SHE'RLAR TABRIKLAR / 21-МАРТ НАВРУЗ УЧУН ТАБРИКЛАР » NAVRUZ MUBORAK AZIZLAR

NAVRUZ MUBORAK AZIZLAR

Bodom gulin to'kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim Navruz muborak.

Atlas ko'ylak yarashgan qizlar,
Bir biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim Navruz muborak.

Shodligim hech ichimga sig'may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim Navruz muborak.

Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko'chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg'och ham kelibdi qarang,
Azizlarim Navruz muborak.

Yashayabmiz go'zal bo'stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navruz O'zbekistonda,
Azizlarim Navruz muborak.

MUALLIF: QODIR QAXXOR



«NAVRUZ MUBORAK AZIZLAR»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]