Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Bir bag'ringa bos meni Ona

Bir bag'ringa bos meni Ona

Bir bag'ringa bos meni Ona
Muzlabdiku yurak qurmag'ur,
Bemehrlik qilyapman yana.
Oh taftingdan qalbim erisin,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Yoritolmas dilimni quyosh,
Yig'lay desam kelmaydi ko'z yosh,
Mana tugab bormoqda bardosh,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Iforingdan yayrasin dilim,
Noming aytsin hamisha tilim,
Quchog'ingda olayin tinim,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Ancha bo'ldi sog'inding uzoq,
Men noshudni yo'lida tuzoq,
So'zlaringa vujudim mushtoq,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Ezilyapti ko'ngil bechora,
Hayot ekan dedim nachora,
Senga keldim topolmay chora,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Bugun juda ketdim ezilib,
G'amlarim ham yuzda sezilib,
Yuzim silab, tabassum qilib,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Quchog'ingda umrbod qolsam,
Qani edi dardlaring olsam,
Bu hayotning yo'lida tolsam,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Oh taftingdan erisin g'amlar,
To'lsin o'sha bitmagan kamlar,
Yiroq ketsin mendan alamlar,
Bir bag'ringa bos meni Ona...

Zohid Ziyo (Senyor)



«Bir bag'ringa bos meni Ona»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]