Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Bugun hasta bo'ldingmi ona
Bugun hasta bo'ldingmi ona

Bugun hasta bo'ldingmi ona

Bugun hasta bo'ldingmi ona
Har kun yo'qlab qo'ng'iroq qilib
Axvolim ne bir so'roq qilib
Yo'qlardinga yurakni tilib
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Farzandlaring yaxshimi derding
Hamma kechdi sen yo'qlab kelding
Yoshlik chog'ing shamolday yelding
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Kamim bo'lsa ro'zg'orim butlab
Olib kelding boring qo'sh-qo'llab
Bizlar sog'lom sen quvvat talab
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Og'ir botmas sira so'zlarim
O'xshab ketar senga ko'zlarim
Bir so'z degin bo'ldi bo'larim
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Bor mehringni bizga bergan sen
Sinovlarda hamrox yurgan sen.
Umring uchun nima qildim men
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

O'zing o'ylab bog'lar kezmading
Boshqalardek tog'lar kezmading
Davralarda kulib yurmading
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Qora soching qolmabdi qara
Bir so'z degin ovunay zora
Qalbing ochgin menga bir bora
Bugun hasta bo'ldingmi ona?
Bo'laymi boshingda parvona?

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: