Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Eh onamni sog'indim (musofir dardi)
Eh onamni sog'indim (musofir dardi)

Eh onamni sog'indim (musofir dardi)

  • Категории: ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
  • Название: Eh onamni sog'indim (musofir dardi)
  • Дата релиза: 24-10-21, 03:13
Eh onamni sog'indim (musofir dardi)
Yoshlik qilib bilmasdan.
Ishga kelibman shoshib,
Onam so'zin ilmasdan.
Uydan ketibman qochib,

Jonim qiynaydi bu ish,
Qattiq nonga tegdi tish,
Mana kelib bo'ldi qish,
Uyga ketgim kelyabdi.

Qishning sovuq zaxridan,
Tanam zarda qilyabdi.
Hali bir oy to'lmasdan,
Uyga ketgim kelyabdi.

Kunlar sonya sanab tez,
Umr o'tib ketyabdi.
Qo'llar qadoq bo'ldi bez,
Uyga ketgim kelyabdi.

Oppoq tanam qoraydi.
Dardim birov bilsaydi.
Onam yo'lim poylaydi.
Uyga ketgim kelyabdi.

Eh onamni sog'indim.
Otam eslab ovundim.
Bugun juda o'ksindim.
Uyga ketgim kelyabdi.

O'ksib o'ksib ishlayman,
Qattiq nonni tishlayman,
Ko'zimni ko'p yoshlayman,
Uyga ketgim kelyabdi.

Shodon edim yurtimda,
Chang yo'q edi ustimda,
Shox edimda uyimda,
Uyga ketgim kelyabdi.

Qadri yomon bilindi,
O'sha eski uyimni.
Uyimga qaytgim kelar,
Ko'p sog'indim do'stimni.

Essiz pulga uchibman,
Yurtimni tark etibman,
Bu yerda men baxtsizman.
Uyga ketgim kelyabdi.

Kulsam soxta kulaman,
Tunda chochib turaman,
Yuragimni yulaman,
Uyga ketgim kelyabdi.

Onam kutar intizor,
Nasib qilsinda diydor.
Bugun yog'di laylak qor,
Uyga ketgim kelyabdi.

Dushmanim bor do'stim bor,
Dushmanlarim kulyabdi.
Musofirman bir g'arib,
Uyga ketgim kelyabdi.

Azob berar alamlar,
Zor titraydi qalamlar,
Kelib qoldi bayramlar,
Uyga ketgim kelyabdi.

Sog'inib talpinar dil,
Sog'inch ortib boryabdi.
Kelib qoldi yangi yil,
Uyga ketgim kelyabdi.

Muallif: Qodir Qaxxor

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: