Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Ishlayverib charchadim ona
Ishlayverib charchadim ona

Ishlayverib charchadim ona

Ishlayverib charchadim ona
O‘qimadim sharoit qilib,
Alam yutib qo‘ydim pinhona.
Musofirman og‘ir mexnatda,
Ishlayverib charchadim ona.

Kim bilardi meni qadrimni,
Xudo sinar balki sabrimni,
Sizga aytay barcha dardimni,
Ishlayverib charchadim ona.

Naxot shunday bo‘lsa bu dunyo,
Yashashimdan qani bir ma’no,
Noshukurman kechirgin xudo,
Ishlayverib charchadim ona.

Ishdan bezib charchagan bu qo‘l,
Topolmadim balki to‘g‘ri yo‘l,
O‘g‘lingizman peshonasi sho‘r,
Ishlayverib charchadim ona.

Qaytay desam yo‘llarim olis,
Mexringizni qo‘msadim ona.
Hayotimdan nolimayman lek,
Ishlayverib charchadim ona.

Oson emas musofir bo‘lish,
Gap so‘zlarni ko‘tarib yurish,
Asli mardlar uchundir bu ish,
Ishlayverib charchadim ona.

Olis ketma bolam derdingiz,
Sizga quloq solmadim ona.
Sizni biroz sog‘inganim rost,
Ishlayverib charchadim ona.

Sherlarim ham chala bitmagan,
Ishlarimdan ortmadim ona.
Bugun sizga dardimni yozdim,
Ishlayverib charchadim ona.
Sizni juda sog‘indim ona.

MUALLIF: QODIR QAXXOR

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: