Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Keksalikka ko'nmang Onajon

Keksalikka ko'nmang Onajon

Keksalikka ko'nmang Onajon
Chidolmayman sizga tegsa dard,
Sira xasta bo'lmang Onajon.
Mening uchun siz hammadan mard,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Kulib tursin ko'zlar qaroqlar,
Qizil bo'lsin yuzlar yanoqlar,
Tushmasin hech sochizga oqlar,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Davron sursam bo'lib yonimda,
Oymomodek to'lib yonimda,
Doim turing, kulib yonimda,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Yoshingizga yosh qo'shilsa ham,
Mag'rur turing, sira chekmang g'am,
Vaqtga ham, bir qilsin alam,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Quyosh bo'ling boshimda porlab,
Qayda bo'lmay turingiz chorlar,
O'zingizni qo'ymangiz xorlab,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Qo'lingizda qadoqlaringiz,
So'z demaydi dudoqlaringiz,
Eshityabman dil ohlaringiz,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

So'rasalar baxt bu nima deb,
Aytar edim baxt bu Ona deb,
Qarimayman aslo, sira deb,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Hayot ekan chekdingiz sitam,
Goh kuldingiz, goh qaroqda nam,
Men million yil yashay deb, bolam,
Keksalikka ko'nmang Onajon.

Zohid Ziyo (Senyor)



«Keksalikka ko'nmang Onajon»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]