Ona Ayting

Ona Ayting

Ona Ayting
Jon Volidam, ko'zlarimning nuri Onam,
Hatto nomi so'zlarimda durim Onam.
Bolam deya mehnat ichra yashab o'tgan,
Uhud kabi matonati tog'im Onam,

Bugun sizga she'r bityapman yoshim bilan,
Birozgina ko'nglingizni qilasiz keng..
Agar kimdir bu she'r haqda so'rab qolsa:
-Bu she'r, mening qizginamni dardlari deng.

Qizim asli bag'ritoshroq ko'rinsada,
Bori mehr muhabbatli qalbi bor deng.
Satrlari yuraklarga nish otsa ham,
Men Onaman, bilaman-ku ko'ngli oq deng!

Kulgichlari umr bo'yi kulmaganim,
Bu dunyoda mening kabi ayol yo'q deng.
Men borimni fido qilgan farzandlardan,
Rozimisiz? bizdan degan savol yo'q deng!

Yana ayting yuzimdagi gul ajinlar,
Yolg'iz boshim ko'rgan tizim g'amlari deb.
Ellik yoshga kirmay kelgan oppoq qorlar,
Sochlarimning yetishmagan tonglari deb.

Meni ismim jaranglasa davralarda,
Boshingizni sal-pal egib, kulib ayting:
-Ijod deya, uyimni ham unutgan deng,
Qo'limdagi qalamimni yulib ayting...

Ayting meni shoira deb yurganlarga..
Shoiralik unga omad keltirdi deng.
Bir qo'ng'iroq qilgan edim tunov kuni..
Vaqtim yo'q deb kimligini bildirdi deng.

Hammasini aytib bering so'raganlar,
Gulnozaning kimligini bilib qo'ysin!
Dong'i ketgan ahvolimning, kor-holini
Marg'ilonga yo'li tushsa kelib ko'rsin.

Shuncha hasrat ila yashab kelyapman men...
Ko'rdim dunyo ilg'amagan kunlarni deng.
Ko'rdim, qancha beshafqat u yillarini
Hali hamon "Madinani" ko'rmadim deng.

So'ngra ayting so'zingizni oxirida...
Bu sinovlar o'tar ketar do'stlarim deng,
Farzandlarim Allohimga suyukdirlar,
Farzandlarim "Jannatdagi" tojlarim deng!

Gulnoza Alimjonova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: