Popup

Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Ona degan nom

Ona degan nom

Ona degan nom
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog`i mardona.
Behad azoblarga chidab so`nggi dam.
Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.
Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari vatan sha’niga.
Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma’niga.
Ona vatan deya bitmishlar ash’or.
Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.



«Ona degan nom»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]