Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Ona kettik

Ona kettik

Ona kettik
Ona kettik shaxar ko'rsatay,
Rasxotidan aslo g'am yemang.
Ona yuring shashlik oberay,
Faqat bolam o'zing ye demang.

Olib boray g'ozal joylarga,
Koʻzingizni biroz quvnatay.
Yoshligimda koʻp o'ynatgansiz,
Men ham sizni shunday o'ynatay.

Qo'ying bugun qozon tavoqni,
Toʻxtab tursin dunyo ishlari.
Bir kun yayrang siz ham iltimos,
Unutaylik dard-u g'amlarni.

Eskiribdi usti boshingiz,
Yangi koʻylak olay demaysiz.
Bo'yingizdan bo'yim balandda,
Qachongacha bizni oʻylaysiz.

Boʻling ona kettik shaxarga,
Yangi koʻylak olib beraman.
Oʻgʻil boʻlib bir yasantiray,
Evaziga duo olaman.

Ona kettik shaxar ko'rsatay,
Rasxotindan aslo g'am yemang.
Ona yuring shashlik oberay,
Faqat bolam o'zing ye demang.

Muallif: Qodir Qaxxor



«Ona kettik»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]