Popup

Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Ona mehri

Ona mehri

Ona mehri
– Sendan yuksak nima bor, yulduz?
– Ona mehri.

– Sendan keskin nima bor, olmos?
– Onalar qahri.

– Qayerdan olding otashni, quyosh?
– Ona qalbidan.

– Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh?
– Ona zarbidan.

– Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?
– Yo`q, ona izi.

– Senmi, totli, shifibaxsh asal?
– Yo`q, ona so`zi.

– Dengiz, nedir kenglika tanho?
– Ona og`usi.

– Sendan shaffof ne, tongi ziyo?
– Ona boqishi.

– Yaratgusi senmi, tabiat?
– Yo`q, yo`q, onalar.

– Baxt bitguvchi senmisan, hayot?
– Yo`q, yo`q, onalar…



«Ona mehri»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]