Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Ona Nolasi

Ona Nolasi

Bir yil bo'ldi xabar olmaysan
Qo'ng'iroqqa javob bermaysan.
Bolam!ko'zim qoldi yo'lingda
Nega meni hech yo'qlamaysan?!

Yodingdami osh qilgan kunim
Rahmat ona derding betinim.
Bugun oshim sovudi sensiz
Lek sovimas onalik ko'nglim.

Ukang,singling o'rni bo'lakcha
Bolam senga mehrim o'zgacha.
Lek ko'nglingda menga qolmabdi
Mehr degan tuyg'u zarracha.

Yoki mendan yor aziz bo'ldi
Oz mehriga yuraging to'ldi.
Unutibsan mushtipar onang
Bu xolimga dushmanlar kuldi.

Ona sizssiz dunyo tor derding
Keng dunyoni bugun tor qilding.
Yoki senga bag'shida umrim
Bergan mehrim kamiroq bilding.

Qayda bo'lsang omon bo'l bolam
Bir bor tingla qalbdagi nolam.
Seni quyoshim deb atardim
Bugun esa uzilgan lolam.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza



«Ona Nolasi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]