Ona sizni sog'indim

Ona sizni sog'indim

Ona sizni sog'indim
Kuydim qancha olovlar ichra,
Cho'g'laridan chandiqlar qoldi,
Mehri soxta g'amho'rlar ichra,
Unutilmas qora dog' qoldi.

Ona sizni juda sog'indim,
Sur'atingiz quchib ovundim.

Bu bevafo dunyo deydilar,
Yolg'iz qolsang azobga tashlar.
Ona qalbi daryo deydilar,
Qorong'u ham sabridan yashnar.

Ona sizni juda sog'indim,
Sur'atingiz quchib ovundim.

Ko'p qoqildim hayot yo'lida,
Topilmadi jonkuyar, tayanch.
Yolg'iz qolsam uyim to'rida,
Hech sig'madi ichimga quvonch.

Ona sizni juda sog'indim,
Sur'atingiz quchib ovundim.

Qani endi kelsangiz qaytib,
Sizni qattiq bag'rimga bossam.
Qayg'ularni bir oz unutib,
To'yib- to' yib xidingiz olsam.

Ona sizni juda sog'indim,
Sur'atingiz quchib ovundim.

Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: