Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Onamni asragin yo Qodir Egam
Onamni asragin yo Qodir Egam

Onamni asragin yo Qodir Egam

  • Категории: ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
  • Название: Onamni asragin yo Qodir Egam
  • Дата релиза: 16-03-21, 19:07
Onamni asragin yo Qodir Egam
Dunyoda yashayman shodonu, beģam,
Yaratganlar to'rt mucham soģlomu, bekam.
Olamni kõrishga musharraf qilgan
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Jannat poyida deb yaratgan Olloh
Meni har balodan etuvchi ogoh.
Sarbaland qaddimni tutub turguvchi
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Yuzida nuri bor , hokisor pari
Ayollar ichinda nafis ,dilbari.
Betakrorim, yetti olam sarvari
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Erini alishmas podshoh, Sultonga
Qanoat qilarlar bir parcha nonga.
Kõngillarin ochgan faqat iymonga
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Begona, yotdan ham mehrin qizģonmas
Qilgan savobiga maqtov shart emas.
Husnda mohlar ham teng kela olmas
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Uyimiz kõrkidir farishta misol
Dadamni obrõsi, fayzi ehtimol.
Hayotning ustuni, tarixi timsol
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Koinot sahnida yashirgan sirin
Tarixi, ildizi olam yashirin.
Diydori hammadan , har nedan shirin
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Mohim aytar : oltindan qimmat duosi
Yer yuzin asraydi , ona nidosi.
Yolģizim, munisim, dunyom dunyosi
Onamni asragin yo Qodir Egam.

Muallif : Mohira Isroilova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: