Otalarni ardoqlang

Otalarni ardoqlang

Otalarni ardoqlang
Jannat ona oyog'i
Ostidaku deyishar.
Jannatni istaganlar
Onasin rozi qilar.

Ona buyuk,muqaddas
Shubxa yo'q bu fikrga.
Biroq otamiz ham bor
Ular ham jannat bizga.

Ona ona deymizku
Otamiz qolar yolg'iz.
Ular bo'lmaganida
Bo'lmasdiku o'g'il qiz.

Bu ko'rkam zamonlarda
Ayol aziz mukarram.
Erkaklarga so'z qolmas
Go'yo emasku odam.

Otalarning hurmatin
O'z joyiga qo'ymaymiz.
Lekin onamiz ko'nglin
Har soniyada o'ylaymiz.

Telefonga qaraylik
Qachon qildik qo'ng'iroq.
Onajonim dedigu
Otamiz chetda biroq.

Lekin shunda ham bizni
Teng ko'radi otamiz.
Bizning mehr teng emas
Ona deymiz hammamiz.

Bolalikda sho'xlikda
Biz uchun tulpor bo'lgan
Uyga shoshib ishidan
Issiq non olib kelgan.

O'qitdiku kam qilmay
Ko'nglimizga qaradi.
Sal xomush bo'lib qolsak
Ko'nglimizni so'rardi.

Ota ona davlatdir
Bu azaliy qoidamiz.
Qirolicha onalar
Sultonlarku otamiz.

Sulton bo'lmasa davlat
Davlat bo'lmay qoladi.
Onani ona qilgan
Asli ota bo'ladi.

Ikkisin teng ko'raylik
Ota borki hayot bor.
Otasin asragan ham
Jannatlardan umidvor.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: