Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » Yolg'iz mehribonim onam

Yolg'iz mehribonim onam

Yolg'iz mehribonim onam
Tizzangizga boshim qo‘ysam,
Dardim ketar jonim onam.
Bu dunyoda o‘zingizsiz
Yolg'iz mehribonim onam.

Har yumushni o‘ylama deb,
Qo‘y o‘zingni qiynama deb.
Bolam deysiz g‘amimni yeb.
Yolg'iz mehribonim onam.

Tun, kechiksam yo‘l qaraysiz,
Boshim silab hol so‘raysiz.
Ko‘nglim cho‘ksa erkalaysiz,
Yolg'iz mehribonim onam.

Kasal bo‘lsam siz ming halak,
Bezovtasiz giryon yurak.
Sizning kabi yo‘q jonsarak
Yolg'iz mehribonim onam.

Tashvishimga qarashganim.
Ro'mollari yarashganim,
Yo‘q bo'lsangiz ko‘nglim yarim,
Yolg'iz mehribonim onam.

Tizzangizga qo‘yay boshim,
Alla ayting to‘kay yoshim.
Unit bo‘lsin bor tashvishim.
Yolg'iz mehribonim onam.

Odilbek Qodirov



«Yolg'iz mehribonim onam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]