Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Aldangan ko'ngil (2019)

Aldangan ko'ngil (2019)

Muhabbat dog'ida kuygandim qancha,
Yana ishq savdosi tushdi boshimga.
Qayg'udan yuragim bo'lsa ham parcha,
Xolimni so'ramadilar kelib qoshimga.

Dunyoda muhabbat bormikan asli?
Orzular og'ushiga yetmadi qo'lim.
Izlagan yorimning qaydakan vasli?
Dilginam iztirobga to'la limo-lim.

Majnuntol bo'ylarin cho'zib yuzimga,
Yoshlarim artadi taskinlar berib.
Quyosh ham nur sochib, so'liq yuzimga,
Quvonchin baxsh etar, gardishin kerib.



«Aldangan ko'ngil (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]