Alishdim seni

Alishdim seni

Alishdim seni
Kechir meni, aziz insonim,
Dunyolarga alishdim seni.
Olmos kabi ko‘ringan sarob
Ro‘yolarga alishdim seni.

Achchiq emas, shirindan shirin
Yolg‘onlarga alishdim seni.
Ozodligim bug‘ib turguvchi
Qo‘rg‘onlarga alishdim seni.

Armonlarga, sog‘inchga to‘la
Ummonlarga alishdim seni.
Ishonchni yeb, shubhada yongan
Gumonlarga alishdim seni.

Kechir… meni aziz insonim,
Qo‘rquvlarga alishdim seni.
Yuragimga kira olmagan
Suluvlarga alishdim seni.

Qo‘l uzatding ortimdan zor-zor,
Yomonlarga alishdim seni.
Yo‘llarimiz bo‘lindi, ayro
Tomonlarga alishdim seni.

Muhabbatga tupurdim, afsus,
Azoblarga alishdim seni.
Nafratdan ko‘r bo‘lib ko‘zlarim
Gʻazablarga alishdim seni.

Kechir meni aziz insonim...

DILDORA ABDINAZAROVA

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: