Armonli muhabbat

Armonli muhabbat

Armonli muhabbat
Qadri menga nondayin aziz
Suvday pokdir hayollari ham.
U siz o'tgan har bir onimda
Qalbim uchun boshlanar motam.

Allohimdan bordir o'tinchim
Olisda yor senga omonat.
Jonin asrab-avayla yo rab
Bir gap bo'lsa bo'lar qiyomat.

Birga bo'lish etmadi nasib
Taqdir ekan o'zga bilan u.
Shukur deyman mayli boriga
Ahir menga eng yaqin do'stku.

Mendan yiroq ketgan bo'lsada
Qalbin omonat deb qoldirgan.
O'zga bilan taqdir bog'lab u
Tiriklayin meni o'ldirgan.

Lek sevaman jonimdan ortiq
Ona so'zin inkor qilolmas.
Yaxshi farzand ota-onaga
"YO'Q"so'zini ishlata olmas...

Sog'inganda rasmini quchib
Hayollarda bog'lar kezaman.
Bevafoku demang ularni
Chin dilimdan yaxshi ko'raman.

Uyga borsam olib boraman
Der edilar ziyoratlarga.
Endi buning imkoni yo'qdir
Ular juftku qoldim men yakka.

O'zga bilan taqdir yo'lida
Ketar yorim unutma har on.
Seni mendek hech kim sevolmas
Mendek mehr berolmas ishon.

Alloh qayta umr bersa ham
Yana seni tanlardim bilgin.
Baxtim uchun hech bo'lmaganda
Kuyov bo'lib salomat yurgin.

Onson emas seni o'zgaga
Bermoqligim qalbim sultoni.
Netay taqdir shuni istadi
Kerak ekan sevgim armoni.

Sog'indim deb kelolmasang ham
Sog'inganing sezib turaman.
Qancha olis bo'lsang ham mendan
Barbir seni yaxshi ko'raman.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: