Ayon

Ayon

Ayon
Hislarimni aylamang ermak,
Siyratimda qaynasa tug‘yon.
Suratimga e’tibor bermang,
Ko‘nglim faqat jafoga ayon.

Bulut aro ukpardek suzsam,
Sayilgohim bo‘lsa ko‘k, osmon.
Kamalakka ko‘zmunchoq tuzsam,
Ko‘nglim faqat samoga ayon.

Suhbat qursam qizg‘aldoq bilan,
Bo‘ylarimga bo‘ylasa rayhon.
Maysazorlar poyimda gilam,
Ko‘nglim faqat saboga ayon.

Xonqizini kaftimda tutsam,
Va sirlarim aylasam bayon.
Qumrilarning sayrashin kutsam,
Ko‘nglim faqat navoga ayon.

Har kimsaga tabassum yo‘llab,
O‘zim pinxon, ko‘z yoshim ummon.
Mehr berib, mehrsiz cho‘llab,
Ko‘nglim faqat saxroga ayon.

Olib qochsam g‘iybatdan o‘zni,
Ozor bersa yurakka bo‘hton.
Ming bor o‘ylab, bir aytsam so‘zni,
Ko‘nglim faqat sadoga ayon.

Tik boqmasam juftim ko‘ziga,
Gaplarini atasam farmon.
Ehtiyojim shirin so‘ziga,
Ko‘nglim faqat vafoga ayon.

Sajdalarim qolmagay beiz,
Hayolimda chiroyli gumon.
Meni... yaxshi tanimaysiz siz,
Ko‘nglim faqat Allohga ayon.

Dilobar Uralova.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: