Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Bevafoginam

Bevafoginam

Bevafoginam
Dilginamni yuzta bo‘lakka,
Bo‘lib ketdi bevafoginam.
Seningman deb o‘zgalarniki
Bo‘lib ketdi bevafoginam.

Nihoyasiz hasratlarimdan,
To‘lib ketdi bevafoginam.
Yoki toza tuyg‘ularimdan
Kulib ketdi bevafoginam.

Hayotimga cheksiz alamni
Solib ketdi bevafoginam.
Yuragimning bir parchasini
Olib ketdi bevafoginam.

Xaridorim son mingta edi,
Gʻolib ketdi bevafoginam.
O‘zi ketdi, ishqi ko‘nglimda
Qolib ketdi bevafoginam.

Maftunligim bilmadi yoki
Bilib ketdi bevafoginam.
Sevgimni dor qilib bo‘ynimga
Ilib ketdi bevafoginam.

Bilmam yana qancha qalblarni
Tilib ketdi bevafoginam.
Omon bo‘lsin, meni shoira
Qilib ketdi bevafoginam.

SHAHNOZA RO‘ZIYEVA



«Bevafoginam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]