Erim ishdan kech keldi

Erim ishdan kech keldi

Erim ishdan kech keldi
Erim ishdan kech keldi
Yana kech keldiz dedim.
Kayfiyati yo'q ekan
Erimdan kaltak yedim.

Bo'ldi biroz kichik jang
Daxanaki bo'lsa ham.
Gapdan qolmay talashdim
Dedim:sizdan nimam kam.

Ko'kardi ikki ko'zim
Jabirlandimda sal-pal.
Hech ham bo'lmasdi bunday
G'olib bo'lardim har gal.

Kosasi to'lgan ekan
Bu gal qilmadi sabr.
O'zimga o'zim dedim
Ex xotin kamroq gapir.

Bu ko'kargan ko'z bilan
Uydan ham chiqolmayman.
Bor edi ikta to'yim
Ularga borolmayman.

Tilim tiysam bo'lmasmi
Axir ermas,xo'jayin.
Janjal chiqargim keldi
Rost gapirsam atayin.

Lekin nomer o'tmadi
Biroz pul olmoqchidim.
Dugonalarim bilan
Lavashga bormoqchidim.

Men aytgandek bo'lmadi
Maxrum bo'ldim baridan.
O'ylagan niyatlarim
Erim kesdi yarmidan.

Aksincha bo'lganida
Qanday bo'lardi ishim.
Aybdorman bilaman
Oppog'dir uyo kishim.

Vaqt qaytganda ortiga
Bunday ish qilmas edim.
Erim ishdan kelishin
Mana bunday kutardim:

Erim ishdan keldiya
Assalomu alaykum.
Marhamat iching sharbat
Bo'lsa ham biroz qultum.

Yaxshi borib keldizmi
Xush kelibsiz uyizga.
Sizni juda sog'indim
Mushtoqman kulguyizga.

Ovqat tayyor suzaymi
Siz yoqtirgan osh, palov.
Erim deydi:tinchlikmi
Ovqat tayyormi darrov.

Oshni ham yedik olib
Endi o'tay maqsadga.
Adasi ertangi kun
Bormoqchiman lavashga.

Mayli borib kelaver
Maosh olgandim men ham.
Ro'yxatini qo'y tuzib
Ro'zg'orinda nima kam.

Xo'p bo'ladi adasi
Boringizga ming shukur.
Aybim bo'lsa kechiring
Oldindan ko'plab uzur.

Mana ikki xolatga
O'zingiz bering baxo.
Erkak bilan teng kelmang
Olamda sizmas tanxo.

Yaxshi gapka ilon ham
Chiqar ekan inidan.
Xazil sherim yoqdimi
Rostini ayting chindan....

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: