Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Hanuz xayolingda borligim qiziq (Xato)
Hanuz xayolingda borligim qiziq (Xato)

Hanuz xayolingda borligim qiziq (Xato)

Hanuz xayolingda borligim qiziq (Xato)
Ehtimol atarsan o‘tmishni qaro,
Biz yurgan yo‘llarga tortarsan chiziq.
Ming bitta harakat, urinish aro,
Hanuz xayolingda borligim qiziq.

Ehtimol suratim yirtishing mumkin,
Yozishing ham mumkin:- "Hammasi ertak".
Ammo yuragingdan ketishim uchun,
Ko‘ksingdan sug‘urib otishing kerak.

Tanishdir bu holat menga barchasi,
Senga" alvido" deb ketgandan buyon.
O‘shanda, singandi ko‘nglim darchasi,
To hanuz ruhimda ko‘pchiydi tug‘yon.

Bilmoq istasang shu: - sog‘inchim dengiz,
Gʻururim o‘zimga dars, jazo bo‘ldi.
Sevsak-da, indamay ayrilishimiz,
Ikkimiz uchun ham ko‘p xato bo‘ldi.

Endi yashagaymiz ichimizda cho‘g‘,
Ayrilmoq bor ammo, unutmoqlik yo‘q.

Dilobar Uralova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: