Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Ikki marta sevib bo'lmaydi

Ikki marta sevib bo'lmaydi

Go'zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko'nglim to'lmaydi.
Kimga yolg'on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo'lmaydi.

Ohu misol ko'zlardan kechib,
Qalbga yaqin so'zlardan kechib,
Armon bo'lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo'lmaydi.

Boshing toshga urib ko'r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o'sha bir layli,
Ikki martta sevib bo'lmaydi.

O'zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo'lmaydi.

Garchi sevsang o'yla o'zingni,
Ilk sevgida vafo bo'lmaydi.
Unutmagin Qodir so'zini,
Ikki martta sevib bo'lmaydi.

Muallif: Qodir Qaxxor



«Ikki marta sevib bo'lmaydi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]