Ishq

Ishq

Ishq

Biz sevgini haydadik evoh!
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.
Ikki dunyo bitta bo'lsa ham,
Aybimizni oqlamaydi ishq.

Bog'lamaydi yo'llarimizni,
Uzdi mana, qo'llarimizni,
Tark etdi - ku dillarimizni,
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.

Uvol ketdi orzularimiz,
Ko'z yosh aro kulgularimiz,
Qurib bitdi tuyg'ularimiz,
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.

Kelib  ketdi bahor singari,
Bahor bilan ketdimi bari -
Ikkimizdan muhabbat nari?
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.

Hislarimga bo'lardi posbon,
Ohlarimga to'larmi osmon,
Oh, bu yurak qolarmi omon,
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.

Men o'zimni yo' qotdim mi yo,
O'z ko'ksimga o'q otdimmi yo,
Ishq siz qurib qolarmiz dunyo,
Endi bizni yo'qlamaydi ishq.

Endi dilni bog'lamaydi ishq,
Endi uni chog'lamaydi ishq,
Ko'zlar ko'zga tushmaydi endi,
Endi bizni yo'qlamaydi ishq!

Muallif: Bekzod Sulton va Soliha Sulton


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: