Ishq (sevgi haqida 2022 sher)
- Категории: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
- Название: Ishq (sevgi haqida 2022 sher)
- Дата релиза: 23-02-22, 20:21
Ikki dunyo aro halovatim yo'q,
Tariqday sochildim, gulday terildim.
Endi ishqdan bo'lak kasofatim yo'q,
O'zimni unutdim, ishqqa berildim.
Keragidan ortiq sevdimmi bilmay?
Isming panohida tog'day kerildim.
Oxirgi qadamni qo'ydimmi bilmay?
Izimni unutdim, ishqqa berildim.
Qalamni botirdim muhabbatimga,
Dard bo'lib qog'ozga shaksiz qorildim.
Endi shubhalar bor she'riyatimga,
So'zimni unutdim, ishqqa berildim.
Kerakmi?... O'rtaga borimni tikdim!
Kechikkan kuz kabi yana tirildim.
Dunyoni unutdim... Zulfini berkdim!
Unutdim... Unutdim... Ishqqa berildim!
Solih Sulton 22.02.2022
Tariqday sochildim, gulday terildim.
Endi ishqdan bo'lak kasofatim yo'q,
O'zimni unutdim, ishqqa berildim.
Keragidan ortiq sevdimmi bilmay?
Isming panohida tog'day kerildim.
Oxirgi qadamni qo'ydimmi bilmay?
Izimni unutdim, ishqqa berildim.
Qalamni botirdim muhabbatimga,
Dard bo'lib qog'ozga shaksiz qorildim.
Endi shubhalar bor she'riyatimga,
So'zimni unutdim, ishqqa berildim.
Kerakmi?... O'rtaga borimni tikdim!
Kechikkan kuz kabi yana tirildim.
Dunyoni unutdim... Zulfini berkdim!
Unutdim... Unutdim... Ishqqa berildim!
Solih Sulton 22.02.2022
Смс Шерлар