Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Jufti xalolim (2019)

Jufti xalolim (2019)

Bag'ishladim o'zimni senga azizim
Qalbimdagi tuganmas o‘chmas tuyg'uni.
Jonim fido aylayin, tanho sevgilim,
Juft xalolim borligim, yuragim ohi.

Og'ushingda bo‘lsaydim, to‘yib har kuni
Mastlanib bo‘y-bastingdan, sharob ichsaydim.
Issiq bag'ringda yonib, quchsaydim, qani,
Parvona bo‘lib, giryona darding olsaydim.

Bolalikning sho‘xligi ortimda qoldi,
Ilk muhabbat gulshani-o‘tmish dostoni.
Atirgul yaprogida shabnamlar qoldi,
O‘sha rayhon hidlari dimoqda qoldi.

Yusupova Zulfiya.



«Jufti xalolim (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]