Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Kelmasang ado bo'laman

Kelmasang ado bo'laman

Derazam tiq etsa, ochaman qarab,
Daraxtni tebratib shamol g'ovullar.
Qumsayman har onda, kiprigim qadab,
Ox, cheksam, ko'zimdan yoshim shovullar.

Nogaxon notanish aylansa sado,
Sen deya sevinchdan baxtga to'laman.
Ichimdan mavj urar o'tinchli nido,
Chorlasam kelmasang ado bo'laman.

Tim qora sochimni oq soch oralar,
Ne uchun yolg'izim sendan darak yo'q.
Armonlar tinmasdan dilim poralar,
Xijronlar azobi qalbga sanchar o'q.



«Kelmasang ado bo'laman»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]