Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Ketdingmi qaytma gulim

Ketdingmi qaytma gulim

Ketdingmi qaytma gulim
Shirin so'zlarga uchib
Ketdingda mendan kechib
Boyvachcha yorni quchib
Ketdingmi qaytma gulim
Yuragimni tilma gulim

Boylik bilan baxtli bo'lgin bevafo yor
Bir kun qadrim bilinadi zor zor
Tark etganing alam qilib bo'lasan xor
Ketdingda qaytma gulim
Yuragimni tilma gulim

Taqdirga ko'nib qolamizda uzoqlarda
Sevgimizchi qolar endi tuzoqlarda
Ketib qolding bugun mendan uzoqlarga
Ketdingmi qaytma gulim
Yuragimni tilma gulim

Dalda bo'lar bugun menga armonlarim
Naxot yorim o'zga qo'lda arzonlarim
Balki men ham qiynalarman gumonlarim
Ketdingmi qaytma gulim
Yuragimni tilma gulim

Mashrabbek Rakhimjonov



«Ketdingmi qaytma gulim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]