Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Ko'ngil yaqin yo'llar uzoq

Ko'ngil yaqin yo'llar uzoq

Ko'ngil yaqin yo'llar uzoq
Koʻngil yaqin, yoʻllar uzoq,
Qanday ortga qaytish mumkin?
Qiynayverar jonim firoq
Undan qanday kechish mumkin?

Xayol surib tunlar bedor,
Uni qanday topish mumkin?
Ayting doʻstlar ayting bir bor,
Undan qanday kechish mumkin?

Ezdi qalbim xotiralar,
Tunlar alam yutish mumkin.
Dilda bisyor boʻz yaralar,
Undan qanday kechish mumkin?

Sabrimni koʻp sinar hayot,
Hatto oʻzdan kechish mumkin.
Ayting doʻstlar, bering najot,
Undan qanday kechish mumkin



«Ko'ngil yaqin yo'llar uzoq»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]