Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Mani chiroyliginam

Mani chiroyliginam

Mani chiroyliginam
Shu kunlarda yurushmay turibdi ishlar
Qulog‘imga chalinadi turli hil mish mishlar
Ammo sani rostanam sevaman sevaman
Shuning uchun man sanga ishonaman

Xech qachon yuzimni yerga qaratma
Boshqalarni shirin so‘ziga uchma
Dugunalaringa ko‘pam qo‘shilma
Mayli birga yurginu qilganin qilma

Qoganlani gapi manga bir tiyin
Sevgimni qilmagin sen sira o‘yin
Sensiz yasholaman ammo lek qiyin
Hammasi zo‘r bo‘lar bir menga ishon

Tagimda yo‘q to‘g‘ri qimmat mashinam
Ammo bahtni pulga topib bo‘lmaydi
Hammasiga sekin asta erishamanam
Hammasiga sabr qil chidagin sanam

Mani chiroyliginam
Hamda erkatoyginam
Bizlar bahtli bo‘lamiz
Sodiq vafodorginam

Yuzim yerga qaratma
Yuragimni og‘ritma
Ko‘rmayin o‘zga bilan
Rashkim yomon unutma

Urishib qolamiz jonim gohida
Buni ham o‘zgacha bir gashti borda
Kelajak orzular haqida o‘ylab
Uzoq suhat quramiz ba‘zi ba‘zida

Sani har ko‘rganimda unitarman g‘amlar
Shodliklarda o‘tadi birga bo‘lgan damlarim
Charchaganimda goho dunyo tashvishlaridan
Yoninga shoshilaman qochib asta baridan

Hayotim go‘zal doyim san bilan san bilan
Bir umr bahtli bo‘lasan man bilan man bilan
Hech qachon qilmasang sevgimga xiyonat
Abadiy bo‘ladi ana shunda muhabbat

Mani chiroyliginam
Hamda erkatoyginam
Bizlar bahtli bo‘lamiz
Sodiq vafodorginam

Yuzim yerga qaratma
Yuragimni og‘ritma
Ko‘rmayin o‘zga bilan
Rashkim yomon unutma

Muallif: Abdulla Murodulla



«Mani chiroyliginam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]