Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Men kulib turaman xotirangizda

Men kulib turaman xotirangizda

Men kulib turaman xotirangizda
Tan oling!
Bizlarni unutmoq mushkul!
Bizni eslamaslik...
Iloji bormi?!
Topmaysiz bir umr axtarsangiz ham,
Chindan ishqingizda hasta, bemorni...

Necha "farishtalar" qanotin qoqib,
Haqdan tilansalar visolingizni,
Necha labdan qolgan bo‘sadan kechib,
Siz nodon sog‘inib yashaysiz bizni.

Kuymaysiz quchoqlar "olovlarida",
Suydim deb aytadi yolg‘onlaringiz,
Biqirlab qaynamas qancha o‘t yoqmang,
Suvsiz qurib qolgan qumg‘onlaringiz.

O‘zingiz aybdor...
O‘zginangizdan,
Qayga berkitasiz shuncha nafratni,
O‘tib turaversam ko‘zginangizdan,
Unutib bo‘larmi chin muhabbatni?!

Hamon uyg‘onasiz ismimni aytib,
Hamon armonlarga ovunchoqsizda.
Haydab...
Eshikni qulflab...
Kirsangiz,
Men kulib turaman xotirangizda..

Malika Tavfiq



«Men kulib turaman xotirangizda»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]