Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Mensiz

Mensiz

Mensiz
Mensiz ham o‘riklar gullaydi takror,
Har sahar jilmayib chiqadi quyosh.
O‘z o‘rnida kirib keladi bahor,
Nafis chuchmomalar ko‘taradi bosh.

Yo‘qligim hech kimga bermaydi halal,
Borligim ham foyda bermagan kabi.
Bir eslab qo‘yishar olmasa malol,
Balki, eslamas ham kelmasa ta’bi.

Mensiz ham atrofga cho‘kar sukunat,
Oy o‘ychan kezadi tungi osmonda.
Yulduzlar beqaror yonib-o‘chgan payt,
Yo‘qligim bilinmas yorug‘ jahonda.

Bari o‘z holicha etadi davom,
Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.
Faqat sen- eslab tur azizim mudom,
Faqat sen- so‘zlarim unutmasang bas.

Dilobar Urolova



«Mensiz»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]