Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim. haqida sher haqida sher
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim. haqida sher haqida sher

Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim. haqida sher haqida sher

  • Категории: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
  • Название: Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim. haqida sher haqida sher
  • Дата релиза: 04-04-17, 13:55
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim. haqida sher haqida sher
Dunyoda hammaning tutgan yo'li bor,
Kimlardir yolg'iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq, sho'ri bor,
Sevgida shu bari TUMONAT, do'stim.

Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so'rama: "azoblar nechun?"
Muhabbatga kerak MATONAT, do'stim.

Ko'zlarni yuvadi o'rtangan yoshlar,
Gohida SEVGIGA otilar toshlar.
Bo'ysinib egilur ne MAG'RUR boshlar,
Sevgini anglash ham MATONAT, do'stim.

Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo'rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham JASORAT, do'stim.

Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko'zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida HAQORAT, do'stim.

Sevgining qo'lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga solasang malham.
Shunda qo'yajaksan birinchi qadam,
MUHABBAT-KO'NGILGA HALOVAT, do'stim.

Kimlardir sevgidan ichadi sharob,
Kimningdir qalbida tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor, harob,
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.

Hissiz yuraklarga singdirib mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash Bu jabr.
Sevgi g'ururlidir, lek suymas kibr,
Uni tuymoq mushkul BAG'OYAT, do'stim.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: