MUZLAGAN BAHORLARIM

MUZLAGAN BAHORLARIM

MUZLAGAN BAHORLARIM
Jonim meni,dafn et jonim,
Qondoshdan yo’q dilni umidi.
Qo’nmoqdadir shafaqqa qonim,
Taralmoqda o’limning hidi..!

Men ham edim,seningdayin to’q,
Yashar edim halovat-la jim.
Bugun esa murdaman sovuq,
Kaftlarimni silamas hech kim..!

Dafn etgin edi bemalol,
Yuragingdan ko’chirib ismim,
Bu jasadim kelmasdan malol,
Tuproqqa ber..!beqaror jismim..!

O’t yo’q endi,olov yo’q olov..!
Yoqolmasman ko’ngling qatini,
So’zlarga hech berolmam aldov,
Ot gulhanga sevgim satrini..!

Kechir endi anduhlar uchun,
Dillaringni og’ritganim-chun.
Tasalli yo’q..yuzimda sukun..
Jim yotaman poyingda bugun!

Qo’lingni bos bu majruh tanga,
O’ra uni tunga zimziyo.
Tutganingcha harir tumanga,
So’nggi bora aylagin duo.
Duo qilgin toki hech kimsa,
Hayotidan erta kechmasin.
Anduh nomli quduqda tashna,
Ajallardan sharbat ichmasin..!

Toinki men,bir sho’rlik inson,
Mangulikda orom olay jim..!
Men ketarman sen qolgin shoyon,
Muzlab qolgan bahorim manim..!

Muallif Erkinbek Samandarov (El_ShaFeY)

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: