Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Nega yana qayta meni yo'qlading
Nega yana qayta meni yo'qlading

Nega yana qayta meni yo'qlading

Nega yana qayta meni yo'qlading
Yolvordim qol deya yo'llaring to'sib
Ko'nmading qolmading sevgim xo'rlading
Mana qancha oylar yillar vaqt o'tib
Nega yana qayta meni yo'qlading

Tushdek o'tib ketdi o'tmish onlari
Tanimni tark etdi rashk gumonlari
Tutdimi mehrimning yo xumorlari
Nega yana qayta meni yo'qlading

Sen deb tunlarimni tongga uladim
Sen deya uyg'onib sen deb uxladim
Ketganingda yolg'iz qolib muzladim
Nega yana qayta meni yo'qlading

Bevafolar qalbing buzib ketdilar
Xiyonat xanjarin urib ketdilar
Bugun boshqa bilan yurib ketdilar
SHU sabab sen meni yana yo'qlading

Baxtli qilmog'inga loyiq edimku
O'zgaga boqmadim seni dedimku
Baland mehrim olib pastga berdingku
Nega yana qayta meni yo'qlading

Tik boqib ko'zinga ko'ngling bilardim
Ketarkansan sevib nima qilarding
Ich ichimdan yig'lab sirtda kulardim
Nega meni yana qayta yo'qlading

MIRJALOL HAMDAMOV

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: