Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Oʻzimdan sizni asradim

Oʻzimdan sizni asradim

Oʻzimdan sizni asradim
Oʻzimni fe'limni bilaman yaxshi,
Shuningchun sizga hech nima demadim.
Oʻzimga oʻzim lek chiqyapman qarshi,
Gapirmay, oʻzimdan sizni asradim!

Qaniydi dardimni tushunsanggiz siz,
Lekin dardim tilda ayta olmadim,
Ogʻrib qolmasin deb, hasta qalbinggiz,
Jim turib, oʻzimdan sizni asradim!

Yigʻladim, yigʻladim, tinmay yigʻladim,
Lekin sizga dardim bayon etmadim,
Bilmam qachongacha yetarkan sabrim?
Indamay, oʻzimdan sizni asradim!

Sizni deb tilkalar boʻldi yuragim,
Shunda ham sadoqat, vafo saqladim.
Oʻzi sizga boʻlganmidi keragim?
Siz demay, oʻzimdan sizni asradim!

Savollar tobora ezyapti bagʻrim,
Sizga hech yomonlik qilmadim.
Tuhmatlar qildinggiz yer qilib qadrim,
Shunda ham, oʻzimdan sizni asradim!

Bilmam qachonga yetar bardoshim,
Izzatinggiz qildim, hurmat saqladim.
Qadrdonim mening, beor, beboshim,
Eng yomon soʻzimdan sizni saqladim!

Mumtozbegim



«Oʻzimdan sizni asradim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]