Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Osmondagi Farishtam

Osmondagi Farishtam

Osmondagi Farishtam
Armon nima bu dunyoda bilmas edim,
Hech qandayin dardni pisand qilmas edim.
Sen bor bo‘lsang, yuragimni tilmas edim,
Endi ming dod aylasam ham, birmas yo‘lim,
Bu dunyodan erta ketgan armon gulim.

Darding ichda, men-la bog‘lar kezganmiding,
Yolg‘on dunyo sitamidan bezganmiding?
E vox, umring qisqaligin sezganmiding.
Seni mendan olib ketdi yovuz o‘lim,
Bu dunyodan erta ketgan armon gulim.

Netay endi sog‘inchimga davolar yo‘q,
Chorlasam ham sendan kelar sadolar yo‘q.
Muhabbatda sendek joni fidolar yo‘q.
Arzim tinglab ko‘kda ma’yus oy ham to‘lin,
Bu dunyodan erta ketgan armon gulim.

Jannatlarda xurlar bilan yurgandirsan,
Qalb ko‘zing-la meni har kun ko‘rgandirsan.
Balki menga umr tilab turgandirsan.
O farishtam, sensizlikdan bag‘rim tilim,
Bu dunyodan erta ketgan armon gulim.

Muallif: Dilobar Uralova



«Osmondagi Farishtam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]