Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Osonmi?

Osonmi?

Osonmi?
Yurakni yongan joyida,
Eng kotta dengizni chorlamoq jangga!
Osonmi?
Tuyg‘ular bo‘lsa tobida ,
Oy-u yulduzlarni haydamoq tongga.

Osonmi?
Mashrabning g‘azallarini..
Bir nafas titroqsiz, seskanmay o‘qish!
Osonmi?
Sog‘inchda gullasa bahor..
Kuzning etagiga ilashib ketish.

Osonmi?
Ko‘ngilning istaklarini,
Yomg‘irlar bag‘rida yuborish yuvib..
Osonmi?
Ming yillar yashar sevgini..
Badarg‘a qilmoqlik, ortidan quvib!

Osonmi?
Siz uchun unutdim deyish!
Osonmi?
yo Rabbiy! Sog‘inchni tiyish!
Osonmi?
Bir guldek qalbga nur berib..
So‘ng bor tomiridan kesib, jim ketish..

Osonmi?

Gulnoza Alimjonova she’ri



«Osonmi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]