Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Qasos

Qasos

Qasos
Kechir meni yuragim,
Ko‘zing yoshga o‘xshaydi.
Sevgidan o‘ch, sendan o‘ch
Umrim o‘chga o‘xshaydi!

Suyib netdim deding sen,
Kuyib ketdim deding sen.
Yor bo‘lmasman senga men
Ko‘ngling g‘ashga o‘xshaydi!

Sen ishqingdan kechmaysan,
Men ham qaytmam ahdimdan.
Nafrat soldi shu ko‘yga,
Qalbim toshga o‘xshaydi.

Ko‘ngil seni desa ham,
Ket deb zabon qaqshaydi.
Senu menga tunlari
Gʻam sirdoshga o‘xshaydi!

Qasos qismat, ishq qismat,
Shabbodadan rashk qismat.
Shivirlaydi taqdirim:
"Endi kechga o‘xshaydi! "

Sherzod Komil



«Qasos»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]