Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Qaydasan

Qaydasan

Keng dunyolar torday bugun ko'zimga,
Qo'llarim yetmadi sevgan qizimga,
Ishonmay qoldimda o'zim o'zimga,
Sevgilim qaydasan endi qaydasan.

Ko'zlaring qo'msadim oqshom kechada,
Seni ko'p izladim sog'inch o'tida,
Seni sevib kuygan o'zim aslida,
Sevgilim qaydasan gulim qaydasan.

Qaydasan bevafo go'zal qalamqosh.
Yuragim o'ynading bo'lib bag'ritosh.
Qaytar dunyo axir qaytadi bir kun,
Shunda zor yig'laysan ko'zga olib yosh.

Surating izladim yolg'iz xonada,
Hatto qolib ketdim yomg'ir ostida,
Qasting bormidi ayt menday bolada,
Sevgilim qaydasan endi qaydasan.

Kelmasliging bilib yashash og'irda,
Telba bo'lib sevgan o'zim aslida,
Bizlar tanishgandik baxor faslida,
Sevgilim qaydasan gulim qaydasan.

Qaydasan bevafo go'zal qalamqosh.
Yuragim o'ynading bo'lib bag'ritosh.
Qaytar dunyo axir qaytadi bir kun,
Shunda zor yig'laysan ko'zga olib yosh.

Muallif: Qodir Qaxxor



«Qaydasan»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]