Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Qizg'onadi mani yorim

Qizg'onadi mani yorim

Qizg'onadi mani yorim
Sen kelmaysan men bormayman,
Sog‘inasan bildirmaysan.
Xafa qildim araz qilma,
Nima qilsam kechirasan.

Rashk qilasan begonadan,
Meni qattiq sevasanmi?
Men ham seni sevaman jon,
Shuni yaxshi bilasanmi?

Qizg‘onadi mani yorim,
Meni hatto begonadan.
Men sevaman faqat uni,
Ishqida men devonaman.

Sevmaganni sevdiradi,
Qaysargina bu qizaloq.
Yo‘llarimdan chiqaverar,
Ming afsuski yer dumaloq.

Joniga ko‘p tegamanda.
Sog‘intirib yuramanda.
Eh o‘ziga aytmang do‘stlar,
Men shu qizni sevamanda.

Qizg‘onadi mani yorim,
Meni hatto begonadan.
Men sevaman faqat uni,
Ishqida men devonaman.

Baxtli bo‘lish oson emas,
Ber qo‘lingni men tutaman.
Meni Qodir aka emas,
Begim degin yor bo‘laman.

MUALLIF: QODIR QAXXOR



«Qizg'onadi mani yorim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]