Qo‘limdan kelmas!

Qo‘limdan kelmas!

Qo‘limdan kelmas!
Sizda hech narsani so‘ramay sevdim,
Arzimas ozgina mehrdan bo‘lak.
Men kuyunmay sevdim, achinmay sevdim..
Sizga bo‘lganidan yuragim yo‘lak!

Sizga boqmay sevdim hattoki bir bor,
Ko‘zlarim ashkini qilmayin oshkor.
Sizga dunyosini alishmay sevdim,
Dunyolar poyimga keldilar takror.

Sizga to‘ymay sevdim, to‘yolmay sevdim,
To‘ydi o‘jarligim ko‘tarib hayot.
Siz tomonlarga yo‘l yurolmay sevdim,
Hamon siz tomonga yuradi xayol.

Sizni uchratdim-u topolmay sevdim,
Ostonamda qoldi qadamlaringiz.
O‘zimdan bu dardni ololmay sevdim,
Oldingiz o‘sha tun alamlaringiz..

Sizni birovlarga aytolmay sevdim,
Oraz yerga boqdi, oyoq cho‘kdi tiz.
Xastalik boshimda tiyr o‘ynatdi..
Xakim, Hukamolar qo‘yolmay tashxis.

Sizdan men hech nima umid qilmadim,
Umidvorlar ishqqa munosib emas.
Sizni Xudoyimdan so‘rolmay sevdim,
Xudodan ayrilmoq qo‘limdan kelmas!

Sizni Xudoyimdan so‘rolmay sevdim

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: