Qon Yuragim

Qon Yuragim

Qon Yuragim
Dilimda cho'g', tilimda cho'g' Yon yuragim,
Yig'lamagin, u keladi Jon yuragim,
Seni kutib, uyqu bilmay Tunlar bedor,
Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.

Seni so'rab, qara tinmay Yig'layverar,
Mahzun mahzun nolalarim Yangrayverar,
Yolg'izlikka chidolmasdan Ingrayverar,
Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.

O'ngidan hech kelmas mening Bu tushginam,
Qalbim mening, mendan battar Xomushginam,
Qanotlari yaralangan Oqqushginam,
Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.

Sinamagin, sadoqatim Sabrimni sen,
Bir kun albat biladirsan Qadrimni sen,
Kutib turar, izlab borsang Qabrimni sen,
Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim.

Yuragimga azob bersang Qanday chiday,
Til uchida xanjar ursang Qanday chiday,
Unda ayb yo'q, u begunoh Farishtaday,
Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim.

Suratingni quchib bugun Qoldim uxlab,
Yashaymanda bag'rimni men Endi cho'g'lab,
Oshiq Ahad dardlarini Yozar yig'lab,
Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.

Dilimda cho'g', tilimda cho'g' Yon yuragim,
Yig'lamagin, u keladi Jon yuragim,
Seni kutib, uyqu bilmay Tunlar bedor,
Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.

Ahad Qayum

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: