Qulog'imga pichirlab

Qulog'imga pichirlab

Qulog'imga pichirlab
Men senga telbaman,telbaman qara
Oshiqlarning ichida oshiqman sara
Qoldirmay yurakda alamli yara
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Menga do‘stlik degan so‘zdan so‘zlamay
Darding yoyib muhabbatdan bo‘zlamay
Pastroq tushib balandlarni ko‘zlamay
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Ko‘ngil bog‘idagi sensan atirgul
Men esa atringdan devona bulbul
Gulim tikaningdan bezmasdan butkul
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Poyingga gul emas to‘shay jonimni
Ol senga berayin olgin borimni
Uzmay yurakdagi mungli torimni
Qulogimga pichirlab SEVAMAN degin...

Sen tomon qarayman yurakda titroq
Qo‘llarim yetmaydi oramiz yiroq
Kelaqol ikkimizni ayirmay firoq
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Osmonlarga chiqib hadya etay oy
Menga yuragingdan bergin bitta joy
O‘ylanmay rozi bo‘l quramiz saroy
Qulog‘mga pichirlab SEVAMAN degin...

Qaragin sen uchun chekdim ku zahmat
Qiynama yetadi qiynama faqat
Hislarim o‘ldirib tugatmay toqat
Qulog‘mga pichirlab SEVAMAN degin...

Yuzingni ko‘rayin sochlaringni ol
Soatlar sanadim kuttim men visol
Jahlimni chiqarib so‘ramasdan hol
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Menga boqib turgan ko‘zlaring gozal
Men ham senga oxshab yozaymi g‘azal
Ayriliqda qiynab qilmasdan kasal
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Ba'zan muhabbatdan ustundir g‘urur
Sevgimni o‘ldirar mana shu qurg‘ur
Senga tomoshaga bo‘lmasdan sug‘ur
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Osmonlarda hamon porlaydi quyosh
Men unga bo‘laman ba'zida sirdosh
Kel sen bo‘lmasangda umrimga yo‘ldosh
Qulog‘imga pichirlab SEVAMAN degin...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: