Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sanam

Sanam

Sanam
(Mendan yaxshi yomon yo‘q.
Behzod Fazliddin)

Maftun bo‘lmang menga hech
Naq aqldan ozdiraman.
To‘rt qator she’r ne ekan,
Dostonlar yozdiraman.

Muncha muzyuraksan deb,
Ko‘p noliyvermang, akam.
Yiqilib tushmang yana
Bir bor nazar tashlasam.

Xushingiz olar aytsam
Aytilmagan so‘zlarim.
Har kuyga solib qo‘yar,
Tik boqsa gar ko‘zlarim.

Og‘irlik qilmasmikan
Mendek malakning vasli.
Beparvodek yuraman,
Joningiz o‘ylab asli.

Hayolingiz olsa ham,
Suluvlarning nag‘masi.
Bir qosh chimirishimga
Teng kelolmas hammasi.

Kulganimga aldanmang,
Qalbim qayg‘uga asir.
"Mendan yaxshi yomonni
Topolmaysiz baribir."

SHAHNOZA RO‘ZIYeVA



«Sanam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]